Madridning «Real» jamoasi boş murabbiyi Zaynidin Zidan Ispaniya çempionati 13-turida Xixonning «Sporting» jamoasiga qarşi keçadigan öyin oldidan öz şogirdlarining jismoniy holati xususida sözlab ötdi. U Xames Rodriges haqida alohida gapirgan.
«Bizni juda qiyin bahs kutmoqda. Jamoada jarohatli futbolçilar köp. Beyl uzoq muddatga safdan çiqdi, vazifamiz qiyinlaşdi. Varan tizzasini jarohatlab olgan. Biz uning soğligi böyiça tavakkal qila olmaymiz. Pepe va Kazemiro haqida gapiradigan bölsam, ular umumiy guruh bilan maşğulotlarda iştirok etişmoqda. Ularda hammasi joyida.
Xames? Har bir futbolçida asosiy tarkibga kiriş uçun imkoniyat böladi. Eşiklar barça uçun oçiq. Lekin men Xamesning örnida bölganimda heç qaçon «Real»ga ötmagan bölardim», – deya fransiyalik mutaxassisning sözlarini keltirgan Marca.
Bundan avvalgi xabarlarda, «qaymoqranglilar» jamoasi murabbiyi kolumbiyalik futbolçini kelgusi rejalariga kiritmagani, uni boşqa jamoaga qöyib yuborişga tayyorligi aytilgandi.
«Sporting»ga qarşi öyin 26 noyabr kuni bölib ötadi.












