Italiya A seriyasining 14-turida «Empoli» mehmoni bölgan «Milan» yirik hisobda zafar quçdi. «Karlo Kastellani» stadionida keçgan uçraşuv 4:1 hisobida yakunlandi.
«Milan» tarkibida Janluka Lapadula dubl qayd etgdi. Şuningdek, Susoning goli va Andrea Kostaning avtogoliga «Empoli»da Rikkardo Saponara bitta gol bilan javob qaytardi.
«Milan» uşbu ğalabadan keyin (29 oçko) turnir jadvalida ikkinçi öringa kötarilib oldi va bugun öz uçraşuvini ötkazadigan «Yuventus»dan 4 oçkoga ortda qolmoqda. «Empoli» esa 10 oçko bilan 17-örinda bormoqda.
Şuningdek, yana bir uçraşuv Turinda bölib ötdi. Yago Falke tomonidan kiritilgan ikkita gol Sinişa Mixayloviç şogirdlariga «Kevo» ustidan ğalaba qozonişiga kömak berdi.
Uşbu ğalabadan keyin «Torino» hisobidagi oçkolar soni 25taga yetdi va jamoa «Napoli»ni quvib ötib, «Latsio» va «Atalanta»ga yetib oldi. Turinliklar şu ikki jamoa bilan 4-6 örinlarni bölişib turibdi. Jamoani Yevropa Çempionlar ligasiga yöllanma beruvçi örindan bor-yöği bir oçko ajratib turibdi. «Kevo» esa 18 oçko bilan 9-örinda qoldi.
Italiya A seriyasi
14-tur
Empoli – Milan 1:4 (1:1)
Gollar: 0:1 – 15 Lapadula, 1:1 – 17 Saponara, 1:2 – 61 Suso, 1:3 – 64, avtogol Kosta, 1:4 – 77 Lapadula.
Empoli: Skorupski, Veseli (Zambelli, 68), Belluşi, Kosta, Paskual, Kruniç (Telo, 68), El-Hoji, Kroçe, Saponara, Marilungo (Jilardino, 74), Makkarone.
Milan: Donnarumma, Abate, Gomes, Romanoli, De Şilo, Paşaliç (Nyang, 78), Lokatelli, Fernandes (Kutska, 10), Suso, Lapadula (Poli, 84), Bonaventura.
Torino – Kevo 2:1 (2:0)
Gollar: 1:0 – 35 Yago Falke, 2:0 – 38 Yago Falke, 2:1 – 85 Ingleze.
Torino: Hart, Dzappakosta, Rossettini, Kastan, Barreka, Benassi (Akkua, 82), Valdifori, Bazelli (Obi, 58), Yago Falke (Boyye, 69), Belotti, Lyayiç.
Kevo: Sorrentino, Kaççatore, Daynelli, Gamberini, Gobbi, Radovanoviç, Isko (Medjorini, 46; Ingleze, 69), de Guzman (Yallou, 81), Birsa, Kastro, Pellisse.
Çetlatiş: Kaççatore (89, Kevo).












