Özbekiston Xalq demokratik partiyasidan Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Xatamjon Ketmonov 28 noyabr kuni Sirdaryo viloyati saylovçilari bilan uçraşdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Videokonferensiya şaklida taşkil etilgan uçraşuvni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputati A.Qirğizboyev oçdi.
Prezidentlikka nomzodning işonçli vakili A.Toşmatov yiğilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan taniştirdi.
Prezidentlikka nomzod Xatamjon Ketmonov öz saylovoldi dasturi yuzasidan nutq sözladi.
Sirdaryo viloyati özining yuqori iqtisodiy va ijtimoiy salohiyati, geografik joylaşuvi bilan mamlakatimiz taraqqiyotida öziga xos muhim örin tutadi. Birinçi Prezidentimiz rahnamoligida amalga oşirilgan izçil islohotlar samarasida mustaqillik yillarida viloyatda ana şu salohiyatni yanada oşiriş yölida katta yutuqlar qölga kiritildi. Viloyatda yalpi hududiy mahsulot 2010 yildan buyon 1,6 barobar oşdi, keyingi beş yilda uning tarkibida sanoat mahsulotlari 1,6 marta ösdi. Bu borada ayniqsa, Birinçi Prezidentimiz taşabbusi bilan taşkil etilgan “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasining Sirdaryo filiali katta ahamiyat kasb etayotir.
Özbekiston ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid va jamoatçilikning katta qiziqişiga sabab böladigan masalalar böyiça qaror qabul qilişdan avval uşbu masalalar yuzasidan jamoatçilik maslahatlaşuvlari ötkazişning majburiyligini belgilaş, “Keksalarimiz uçun munosib pensiya ta'minoti!”, “Biz keksalarimizning farovon hayoti uçun mas'ulmiz!” şiorlari negizida mamlakatimiz ravnaqi, ulğayib kelayotgan yoş avlodga ozod va obod Vatan qoldiriş borasidagi işlarga öz hissasini qöşgan keksa avlodning turmuş şaroitini yanada yaxşilaş ğoyasi ilgari surilgan.
Öqiş uçun şartnoma pullarini tölaşga qiynalayotgan kam ta'minlangan oilalar farzandlarining şartnoma pullarini tölayotgan korxonalarni, yurtimizda işlab çiqarilayotgan qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaşda oilaviy tadbirkorlik va kasanaçilikni rağbatlantiriş böyiça ustuvor vazifalar belgilangan.
Uçraşuvda Özbekiston Xalq demokratik partiyasi Sirdaryo tumani kengaşi raisi M.Ahmedov, partiya Guliston tumani kengaşi raisi M.Mamatkarimova, Sirdaryo tumani xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlaş va taşkil etiş bölimi mudiri örinbosari Ş.Yöldoşeva va boşqalar nomzodning saylovoldi dasturi va unda belgilangan vazifalar xususida fikr bildirdi. Saylovçilarni Vatanimiz kelajagini ta'minlaşda muhim ahamiyatga ega bölgan Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol iştirok etişga çaqirdi.










