Moskva şahar sudi Rossiya Iqtisodiy rivojlaniş sobiq vaziri Aleksey Ulyukayevning uy qamoğida saqlanişini qonuniy deb tan oldi, xabar bermoqda RIA «Novosti».

Şuningdek, sud himoya tarafining Ulyukayevga har kuni ikki marotaba sayr qiliş va matbuot bilan muloqot qilişga ruxsat berişni sörab yöllagan arizasini rad etdi.
Avvalroq, Ulyukayevning şifokor huzuriga borişi ham tergovçining qarşiligiga sabab bölgandi.

Tergov ma'lumotlariga köra, Aleksey Ulyukayev 2016 yilning 14 noyabr kuni Iqtisodiy rivojlaniş vazirligi tomonidan “Rosneft” kompaniyasiga “Başneft”ning 50 foiz miqdoridagi davlat aksiyalari paketini xarid qiliş böyiça kelişuviga ijobiy baho berilgani uçun 2 million dollar olgan.

Ulyukayev uy qamoğida 2017 yilning 15 yanvar kuniga qadar qoladi.