Professional ringdagi ilk jangida olingan jarohatlar sabab halok bölgan britaniyalik boksçi Kuba Moçik öz yuragini hadya qilgan. Bu haqda «Yevrosport» xabar berdi.
Asli kelib çiqişi Polşadan bölgan 22 yoşli britaniyalik uçinçi raundda nokautga uçratilgaç, qaytib öziga kelmagan. Öşa kuni boksçining egizak singlisi Facebook’da jigarbandini davolaş uçun pul yiğiş maqsadida sahifa oçdi. Biroq, sportçi ikki kundan söng miyaga qon quyilişi oqibatida vafot etgan.
The Mirror’ning xabar berişiça, bu holatni tekşiruvdan ötkazgan politsiya sportçi öz yuragini boşqa bir bemorga yordam tariqasida hadya qilganini ma'lum qildi.











