Peterburgning «Zenit» jamoasi hujumçisi Artyom Dzyuba Rossiya çempionatining 15-turi doirasida «Krasnodar»ga qarşi keçgan öyin oxirida jamoa darvozaboni Yuriy Lodiginga e'tiroz bildirgan.

Öyin yozuvida köriş mumkinki, jamoasi ikkinçi golni ötkazganidan keyin Dzyuba darvozabonga öz noroziligini keskin ruhda bildirgan.

«Sportfakt» naşri ma'lumotiga köra, kiyim almaştiriş xonasida Lodigin Dzyubadan harakatlari uçun tuşuntiriş söragan. Bunga javoban Dzyuba unga uning xatolari «jamoani dafn etgani» haqida aytgan va darvozabonning professional futbolçi ekaniga şubhasini borligini ayon qilgan.

«Zenit» «Krasnodar»ga qarşi öyinda qöşimça daqiqalarda ötkazilgan gollar tufayli 1:2 hisobida yutqazdi.

Dastlab naşrlarda, «Zenit» futbolçilari öyindan keyin kiyim almaştiriş xonasida muştlaşib ketgani haqida xabarlar berildi. Keyinroq piterliklar klubi bu xabarlarni inkor qilib çiqdi.