Turkiya hukumati 2017 yilda respublikaga turistlarni olib keluvçi har bir samolyot uçun 6 ming dollardan tölaydi. Bu haqda boş vazir Binali Yildirim parlamentdagi çiqişida ma'lum qilgan.

"2016 yilgi muammolar sabab turistik sohadagi işlar unçalik yaxşi emas. Biz Rossiya bilan munosabatlarning sovuqlaşuvi va isyon sabab kerakli natijalarni qölga kirita olmadik. Tovon puli tariqasida turistik operatorlarga sayyohlarni olib kelgan har bir samolyot uçun 6 ming dollar tölaymiz", - dedi u.

Boş vazirning ta'kidlaşiça, gap “Antalya, Mugla, Denizli, Isparta va Trabzon aeroportlarida 2017 yilning 1 yanvaridan 31 dekabriga qadar” qönadigan samolyotlar haqida bormoqda. Tovon puli esa eng yirik turistik agenliklariga beriladi. “Siğimi 200 dan ziyod yölovçini taşkil etuvçi samolyot kamida 150 nafar sayyohni olib kelsa, tovon puli 30 foizga köproq, ya'ni 7800 dollarni taşkil etadi”, - xabar qildi Yildirim.

Xuddi şunday çoralar 2016 yilning boşida ham amalga oşirilgandi. Ular çömiliş mavsumida amalga tatbiq etilgan bölib, öşanda ham eng yirik turistik agentliklarini qamrab olgan.