O‘zbekistonda ishlagan xorijlik mutaxassis Toshkentdagi stadionlar doim liq to‘lishini aytdi

O‘z vaqtida Toshkentning «Bunyodkor» klubi akademiyasida faoliyat ko‘rsatgan 30 yoshli moldovalik mutaxassis Nikolay Tsurkan «Moldavskiy futbol» nashriga bergan intervyusida O‘zbekistondagi faoliyati haqida gapirib berdi.
- O‘zbekiston va Moldova o‘rtasidagi asosiy farqlar qanday?
- Meni qoyil qoldirgan jihat, O‘zbekistonda futbolni juda yaxshi ko‘risharkan. Agar Toshkentni oladigan bo‘lsak, u yerda juda ko‘p futbol maydonlari bor. Shaharda taxminan 20ta ixtisoslashgan maktab bor va har bir yosh toifasida ikkita liga mavjud. U yerda bolalar ertalabdan kechgacha to‘p tepadigan kichik sun'iy maydonlar ko‘p. Stadionlarni odamlar doim to‘ldirib turishadi. Bu hattoki Oliy ligada uchta klub ishtirok etadigan Toshkent shahri jamoalarida ham boshqalarda ham kuzatiladi. Bekorga O‘zbekiston JCh-2018ga chiqmoqchi emas, ularda buning uchun yaxshi imkoniyat bor. U yerda bolalar-o‘smirlar futboliga katta e'tibor beriladi. Katta futbolga o‘tish asta sekinlik bilan bo‘ladi. Agar Moldovada o‘rinbosarlar safida 16-17 yoshlilar o‘ynashsa, u yerda 20-21 yoshli yigitlar to‘p tepishadi. O‘zbekistonda yoshlar obdon sinovdan o‘tkazilib, keyin asosiy jamoaga jalb qilina boshlaydi.
Terma jamoadagi tizim juda qiziq. Barcha klublar futbol federatsiyasiga bo‘ysunadi. Futbolchilar birinchi navbatda milliy terma jamoa uchun tayyorlanadi. Men jamoani qabul qilib olganimda, klub rahbarlari menga yoshlar ligasida chempion bo‘lish prestij ekani, lekin klubdan yoshlar terma jamoalarining Osiyo chempionatlarida ishtirok etadigan tarkibiga qancha ko‘p futbolchi yetkazib berishi orqali o‘z ishini ko‘rsatish ma'qulroq ekanini aytishdi. Agar sen ikkalasida ham muvaffaqiyatli ishlasang, bu haqiqiy faxr bo‘ladi.
Terma jamoa murabbiylarining klublar bilan aloqasi ham o‘ziga xos. Terma jamoa ustozi biz bilan doimiy aloqada bo‘lib turardi, o‘yinlarga tushardi, bizdan o‘yin va mashg‘ulotlar borasida hamma axborotlarni so‘rab olishardi. U yerda terma jamoalar jiddiyroq musobaqa bo‘lsa, 10 oy oldindan tayyorgarlikni boshlashadi. Eng qizig‘i ular bu ishni oyida bir-ikki hafta davomida amalga oshiradi. Aniqrog‘i qo‘limdagi bolalar uch hafta men bilan ishlashardi, keyin terma jamoaga ketishardi.
Moldovani O‘zbekiston bilan solishtirganda muammolardan biri bu yosh futbolchilarni topishda. U yerda bu osonroq. Masalan Moldovada o‘zing qidirib topishing kerak, topganingda ham kimdir yaxshi yugursa, yaxshi tepa olmaydi, Yaxshi tepa olgani yaxshi yugura olmaydi. O‘zbekistondagi iqtidorlar esa yugurishadi, ikkala oyoqda ham yaxshi zarba beradi, xullas zo‘r futbolchi bo‘lish uchun barcha sifatlarga ega bo‘ladi, - deya gapirib o‘tgan mutaxassis.
Tavsiya etamiz
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
O‘zbekiston | 14:30 / 27.05.2025
“Viza berishni osonlashtirish haqida gap-so‘z yo‘q” – AQSh elchixonasi
O‘zbekiston | 19:28 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
Jahon | 16:40 / 26.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Saida Mirziyoyeva Moskvada Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston | 00:30
-
Putin urushdagi yordami uchun Kim Chen Inga nima sovg‘a qilgani ma’lum bo‘ldi
Jahon | 23:49 / 29.05.2025
-
Turkiya birinchi suzuvchi gaz platformasini ochiq dengizga yubordi
Jahon | 23:17 / 29.05.2025
-
Xitoylik erkak paraplanda tasodifan 8589 metr balandlikkacha ko‘tarildi
Jahon | 22:44 / 29.05.2025
Mavzuga oid

14:08 / 14.04.2025
«Paxtakor» yana yutqazdi, peshqadam yana o‘zgardi

13:44 / 30.03.2025
«Paxtakor» Toshkentda «Dinamo»ga yutqazdi, OKMK yaqqol peshqadam

03:09 / 12.03.2025
«Paxtakor» «Al Hilol»ga yirik hisobda yutqazib, Elit OChLni tark etdi

23:19 / 04.03.2025