Isroilning ikki TV kanali yangiliklarni namoyiş etiş vaqtida azon ovozi eşitilayotgan Haram aş-Şarif tasvirlari fonida yaqinda bölib ötgan yonğinlar tölqini haqidagi xabarlarni öqidi. Bu haqida Daily Sabah ma'lum qildi.
Isroilning xususiy 2- va 10-telekanallaridagi körsatuvlari taxminan 30 soniyaça musulmon olamining diqqatga sazovor maskanlari, jumladan Quddusdagi Haram aş-Şarif masjidi tasvirlari bilan uzib qöyildi. Boz ustiga ekranda tasvirlar bilan birga azon tovuşi ham yangradi.
Isroil parlamenti masjidlarda azonning baland ovozda öqilişiga çek qöyişga doir qonun loyihasini ilk marta ovozga qöyişi kutilmoqda.
Mamlakat aholisining taxminan 17,5 foizi arablardan iborat, ularning aksariyati - musulmonlar. Arablar yaxudiylar jamiyatini ularning huquqini kamsitişda ayblaşmoqda.
Isroilning Demokratiya instituti bu taklifga qarşi çiqdi. Amaldorlardan biri öng siyosatçilarni bu masalani kötarib, xavfli "öyin"ni boşlaganlikda aybladi.
Eslatib ötamiz, ötgan haftada Isroilning Ğarbiy qirğoqlarida yirik yonğinlar sodir böldi. Buning natijasida yuzlab uylar yonib bitdi, 10 minglab kişilar evakuatsiya qilindi.












