Ukrainada 1 dekabrdan eng kam oylik iş haqi va pensiyalar 10 foizga oşirilmoqda.

Şuningdek, hukumat 2017 yilning 1 yanvaridan eng kam oylik iş haqini yana ikki karra oşirişni rejalaştirmoqda. Mutaxassislarning ma'lumotlariga köra, dekabrdagi oşiriliş ukrainaliklarning hayotiga sezilarli ta'sir körsatmaydi hamda mamlakat iqtisodiyotining ösişiga yordam bermaydi.

Hukumat tomonidan joriy yilda iş haqlari va pensiya miqdori ikki marta oşirilgandi: 1 yanvar va 1 may. Boş vazir Vladimir Groysmanning ma'lumotiga köra, 2016 yilda ijtimoiy standartlar umumiy hisobda 16,1 foizga ösadi.

Davlat byudjyetiga köra, 2016 yilning 1 dekabridan bir kişining kun keçirişi uçun zarur pul miqdori bir oyda 1,399 ming griven (55 dollar)dan 1,544 ming grivenga (60 dollardan köproq) oşadi. 

Eng kam oylik iş haqi esa 1,6 ming griven (62,5 dollar)ni taşkil qilişi kutilmoqda. Pensiyalar ham beş dollarga oşiriladi. 

Ijtimoiy siyosat vazirligida ta'kidlanişiça, oşiriliş eng birinçi navbatda pensiyalari miqdori 1,4-3 ming griven (55-117 dollar) atrofida bölgan pensionerlarni qamrab oladi. 

Ukrainalik ba'zi siyosiy ekspertlarning fikriça, bu holat qisqa muddat davomida iqtisodiyot va aholiga ijobiy ta'sir körsatadi. Biroq, kompleks çora-tadbirlar yöqligi sabab içki bozorda pul yetişmovçiligi kuzatilişi mumkin.

Ma'lumot uçun, Ukrainada doimiy ravişda ijtimoiy standartlarni oşirişni talab qiluvçi namoyişlar ötkaziladi. Aksariyat hollarda mitinglar byudjyet taşkilotlari xodimlari tomonidan taşkillaştiriladi.