Jahon | 15:15 / 02.12.2016
7596
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an: Putin Suriyada turk harbiylariga uyushtirilgan hujumga RFning aloqasi yo‘qligini aytdi

Foto: © AP

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan bo‘lib  o‘tgan telefon suhbatlarida RFning Suriyadagi turk harbiylariga uyushtirilgan hujumga aloqasi yo‘qligi borasidagi dalillarni olgan. Turkie gazetasining xabar qilishicha, Erdo‘g‘an bu haqda parlament deputatlari bilan birgalikdagi nonushta vaqtida aytib o‘tgan.

"Janob Putin bilan bir hafta davomida uch marotaba suhbatlashdik. Uning aytishicha, Rossiyaning turk harbiylariga uyushtirilgan hujumga hech qanday aloqasi yo‘q", - dedi u. Turk yetakchisining qo‘shimcha qilishicha, “hujum rejim kuchlari tomonidan amalga oshirilgan”, ya'ni Suriya armiyasi tomonidan.

"Shuningdek, mamlakatlarimiz tomonidan SARga gumanitar yordam berish bo‘yicha o‘zaro ishimizni ham muhokama qildik. Men janob Putindan Aleppodagi kasalxonalar va maktablarga bo‘lgan hujumlar haqida so‘radim. Kim zarba bergani haqida aytganimda, u Rossiya emas, deb javob qaytardi. Ammo biz ham buni amalga oshirmadik va men buni kim qildi, deb so‘radim", - deya Erdo‘g‘anning so‘zlarini keltiradi gazeta.

Eslatib o‘tamiz, 24 noyabr kuni Suriyadagi turk harbiylar guruhiga havo aviatsiyasi yordamida hujum uyushtirilgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa sabab uch kishi halok bo‘lib, 10 nafar harbiy xizmatchi jabrlangan. Turk tomonining bergan xabariga ko‘ra, zarbada Suriya HHK ishtirok etgan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid