Fransiya prezidenti Frantsua Olland 2017 yilda ikkinçi prezidentlik muddatiga nomzodini qöymasligini va davlat rahbari lavozimini tark etişini aytdi. Bu haqda AFP xabar bermoqda.
Eslatib ötamiz, Fransiya prezidenti saylovlari 2017 yil bahorida bölib ötadi.
"Men prezidentlikka nomzod bölmaslikka qaror qildim", deb aytgan Olland Yelisey saroyidan murojaatida.
Olland murojaatida 2012 yildagi saylov oldidan bergan va'dalarini amalga oşiriş uçun barça işni qilganini aytdi. Biroq, uning aytişiça, bu va'dalardan ba'zilarini amalga oşirişda xatoliklarga yöl qöyilgan.
Ollandning aytişiça, uning Sotsialistlar partiyasidan saylovlarga nomzodining qöyilişi qanday salbiy oqibatga olib kelişini anglaydi.
Sotsialistlar partiyasining praymerizi 22 va 29 yanvarda ötkazilişi belgilangan. Oxirgi oylarda Ollandning reytingi rekord darajada past bölmoqda.
Avvalroq Olland şov-şuvli işning figurantiga aylangandi. Fransiya Milliy yiğilişining "Respublikaçilar" muxolif partiyasi deputati Erik Sotti Ollandni "davlat sirini oçiqça va xavfli oşkor qilişda" ayblagandi. Bu holatning tergov qilinişiga Parij prokuraturasi jalb qilingan.
Fransiyadagi mojaro avgust oxirida Mond naşri jurnalistlari 2013 yilda Olland bilan suhbatlardan biridan keyin ularning qöliga Suriyadagi harbiy operatsiyalar haqida maxfiy hujjatlar tuşib qolganini eslatib ötişgandan keyin avj olgan.

















