Tinçlik haqida tafakkur qiling, barçasidan xotirjam tortasiz
|14:43 / 02.12.201643 99211 min
Ma'lumki, insoniyat hayoti davomida turli mafkura va maslaklar örtasidagi ziddiyat va qarama-qarşiliklarni boşidan keçirgan. Buning oqibatida özaro kelişmovçiliklar, notinçliklar yuzaga kelib turgan. Tarixga nazar taşlansa, hamma davrda ham davlatning rivojlanişi, taraqqiy topişi jamiyatning farovon va osoyişta hayot keçirişiga boğliqligi ayon böladi. Şuning uçun ham Payğambarimiz sallallohu alayhi vasallam hadislarining birida tinçlik-xotirjamlik eng katta ne'mat ekanligini ta'kidlab şunday deganlar:
“Ikki ne'mat borki, köpçilik insonlar uning qadriga yetmaydilar. U- xotirjamlik va sihat-salomatlik”. (Imom Buxoriy rivoyat qilgan).
Demak, tinçlik va xotirjamlik Alloh ta'oloning behisob bölgan buyuk ilohiy ne'matlaridan biridir. Qolaversa, barça ezgu işlar röyobga çiqişining boisi ham osoyiştalikdadir. Şunday ekan, insonlar nafaqat mavjud tinçlikni qadriga yetib, şukrini ado etişlari balki, unga noşukrlik qilib putur yetkazişdan ham saqlanişlari lozim.
Tinçlik qaror topgan yurtda xotirjamlik hukm suradi, oqibatda, jamiyatda har tomonlama yuksaliş va rivojlaniş röy beradi. Odamlarning özaro bir-birlariga bölgan işonç va sadoqatlari, mehr va muruvvatlarining samimiy bölişi ham asosan xotirjamlikka boğliqdir. Demak, dunyoda hayotning bir maromda davom etişi, xalqning Haq ta'olo buyurgan işlarni mukammal va xotirjam ado etişlari uçun tinçlik va osoyiştalik lozim. Yaratgan Parvardigor Qur'oni karimda ana şu tinçlikni saqlaş va qadrlaş vazifasini inson zimmasiga yuklab, Islom dini tinçlikka tarğib qilişini, şaytoniy yöllarga ergaşmaslik lozimligini ta'kidlab, şunday deydi:
“Ey, imon keltirganlar! Yoppasiga tinçlik işiga kirişingiz!...! (Baqara surasi, 208-oyat). Darhaqiqat, tinçlik mavzusi öta muhim bölganligi bois ham Qur'oni karim oyatlaridan örin olgan. Arab tilidagi “salm”, “silm”, “salom”, va “islom” sözlari bir özakdan çiqqan, turli ma'nodagi sözlar bölsada, aynan bir maqsadga yönaltirilgandir.
Tinçlik va xotirjamlik – insoniyat bugun boşidan murakkab özaro ziddiyatlarni keçirayotgan bir paytda suv va havodek zarurdir. Uning qadriga yetib, farzandlarimizni ham Yaratgan bergan bu tengsiz ne'matlarni qadrlamoqlari va asrab avaylamoq insoniyatning zimmasidagi burçi ekanligini tuşuntirmoqligimiz kerak. Bu barça payğambarlar qatorida bizning ham Payğambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning sunnati ekanligini yuqoridagi hadisdan bilib oldik. Islom tarixini öqir ekanmiz, unda insonni kimligi, nima uçun yaratilganligi, insonning zimmasiga nima vazifalar qilmoqligi yuklatilganligi, hayotda qanday inson bölib yaşaşi kerakligi haqida berilgan tavsiyalar va körsatmalar bilan yaqindan tanişib çiqişimiz mumkin. Bu berilgan ne'matlarni qadriga yetişda va uni asraşda, bizga Payğamlarlarning otasi bölgan, Ibrohim (a.v.) bu borada başariyatga örnak bölganlar. Muqaddas dinimizning mötabar manbasi Qur'oni Karimda Ibrohim (a.s.)ning Vatanlari bölgan Makka haqiga qilgan duolarida biz örganayotgan mavzumizning aynan tasdiğidir. Şuningdek, Makka şahriga tinçlik va uning ahliga rizq söraganliklari sözimizning yorqin misolidir. Bu haqida şunday deyilgan:
Mavzuga oid
“Eslang: Ibrohim: “Ey, Rabbim, bu (Makka)ni tinçlik şahri qilgin va uning aholisidan Allohga va oxirat kuniga işonuvçilarga (turli) mevalardan rizq qilib bergin” (Baqara;126). Bu joyda Alloh ta'olo Payhğambarimiz Muhammad (s.a.v.)ga ötgan ummatlarning payğambarlarini hayotidan xabardor qilib, ummatlarini unga tarğib qilib, uluğ ne'matlar “Tinçlik” va “Xotirjam”likni qadrlab, asrab avaylab hayot keçirişga undamoqda. Öşa vaqtdagi tarixga nazar taşlasangiz Makka tinç şaharlardan bölgan. Şunday bölsada, bu tinçlikni doimo sörab duo qiliş muhim ekanligiga dalolatdir. Payğambarimiz Muhammad (s.a.v.) bilan sahobalar bir kuni suhbatlaşib ötirganlarida, sahobalardan birlari Yo Rasululloh (s.a.v.) biz Alloh ta'olodan duo qilib söraganimizda köproq nimani söraylik deb savol qilişganda, janobimiz, habibimiz Payğambar (a.s.): “Alloh ta'olodan ofiyat (tinçlik, xotirjamlik)ni söranglar” deb aytgan sözlari ham, insoniyat uçun bu ne'matlar neçoğlik muhim ekanligiga dalolat beradi. Tinç bölib turgan joyga yana tinçlik sörab duo qiliş esa, tinçlikni davomiy bölişi uçundir. Bu xususida Qur'oni Karimda şunday deyilgan:
“Yana Robbingiz e'lon qilgan (bu sözlar)ni eslangiz: “Qasamki, agar (bergan ne'matlarimga) şukr qilsangiz, albatta, (ularni yanada) ziyoda qilurman. Bordi-yu, noşukurlik qilsangiz, albatta, azobim (ham) juda qattiqdir” deb marhamat qilgan. (Ibrohim – 8).
Mazkur oyati karimani tinçlik va xotirjamlik uçun nima dahli bor deb fikr qiladigan insonlarga dinimiz çiroyli javob bergan. Ya'ni biz yuqorida tinçlik ham ne'matlarning eng uluği ekanligi haqida Payğambarimiz Muhammad (s.a.v.)dan hadisni eslab ötdik. Mazkur hadisga muvofiq bu buyuk ikki ne'mat bardavom bölişi uçun ham insondan şukr va qadrlaş talab etilar ekan. Tinçlik hukm surib turgan joyga yana tinçlik sörab duo qiliş esa, muqaddas dinimiz va davrimizning eng dolzarb şarafli vazifalaridan hisoblanadi. Inson kim bölişidan qat'iy nazar, özi yaşab turgan, Alloh ne'mat qilib bergan Vatani, uning zilol suvlari, havosi, nozi ne'matlari va boşqa barça şaroitlariga şukr qilib, uni ziyoda bölişini sörab duo qilişi, Yaratganning, Vatanining, jamiyat va oilasi oldidagi şarafli burçidir.
Bugun dunyoda tinçligini va xotirjamligini yöqotgan mamlakat va u yurtlarda istiqomat qilayotgan insonlar hayotlari, ta'bir joiz bölsa nurafşon nurni yöqotgan, zimiston içida qolgan insonlarga öxşadi. Bu holatni körgan, eşitgan insonda bir alamlik dard paydo böldi. Bu holatlardan körib, eşitib turgan insonlar ibrat olib, xulosalar çiqarib, özlari uçun in'om qilingan tinçlik va xotirjamlikni qadrlaşlari, asrab avaylaşlari lozim böladi.
Şuning uçun ham biz Yurtimizda hukm surayotgan tinçlik, xotirjamlikni saqlaş, uni turli xil ğarazli xuruj va hamlalardan, fitna va böhtonlardan himoya qiliş, ğarazli va manfur kimsalarning makr va puç ğoyalariga uçmasdan, aldanmasdan, yoş avlodlarimizni ham ulardan xabardor qilib, islom madaniyatining (tinçlik, xotirjamlik, bağrikenglik, özaro totuvlik, mehr-oqibat v.h.k.) ezgu ğoyalarini keng tarğib etişni dolzarb vazifa sifatida bilib, uşbular asosida faoliyat olib bormoq lozim böladi. Şuningdek, muqaddas dinimizni niqob qilib, özlarining ğarazli maqsadlariga erişişga urinayotgan firqa va oqimlarga qarşi doimo sergak va huşyor turiş zarurligini yodda tutmoq darkordir. Bu xususida Alloh ta'olo Qur'oni Karimning “Moida” surasida şunday degan:
“... Ezgulik va taqvo (yöli)da hamkorlik qilingiz, gunoh va adovat (yöli)da hamkorlik qilmangiz! Allohdan qörqingiz! Albatta, Alloh azobi qattiq zotdir” – deyilgan. (Moida – 2). Uşbu oyatga e'tibor qaratadigan bölsak, ezgu niyat yölida hamkorlik qiliş yer yuzida TINÇLIK VA XOTIRJAMLIKni barqaror bölişiga boş omillaridan biri ekanligi tarğib qilingan.
Tinçlik va xotirjamlik – barça davrlarda mamlakatlar, jamiyatlar, oilalarda yaşagan insonlarning talab qilgan asosiy maqsadi bölib kelgan. Bu ikki ne'mat uçun qilingan qança harakatlar, xarajatlar ham sözimizga misoldir.
Tinçlik va xotirjamlik ne'matlari başariyat uni saqlaşlik uçun xoh qimmatli bölsin, xoh arzon bölsin barça narsasini, aql-zakovat, mol-dunyo va kuç-quvvatini sarflaşiga haqli bölgan uluğ ne'matlardan ekani, buni bardavom bölişi uçun uning sabablari, uni tutib turuvçi omillari va ustunlari ham bardavom bajarilişi lozim böladi.
Tinçlik va xotirjamlikni saqlaş, uni qadrlaş uçun insonlarni, yoş avlodni, erkak-ayollarni, xullas har bir şaxsni Allohning toatida, Allohga ma'siyat qilişdan qaytariş, bergan ne'matlarini qadrlaş asosida tarbiyalaş lozim böladi. Şuningdek, har bir inson özining burçi va majburiyatlarini yaxşi bilişi va unga qat'iy amal qilişi dinimizning talab va tavsiyalaridandir.
Yuqorida ta'kidlab ötganimiz kabi, inson uçun tinçlik va xotirjamlik zarur va bu muqaddas dinimizning, davrimizning talabidir. Bu xususida Payğambarimiz Muhammad (s.a.v.) yana bir hadislarida şunday deganlar:
“Kim oilasi tinç, jasadi salomat va huzurida bir kunlik taomi bor holatda tong ottirsa, unga dunyo töliğiça berilibdi”. (Imom Buxoriy “Al-adab al-mufrad” kitobida rivoyat qilgan).
Jahonda röy berib turgan notinçliklar, kişini dilini xufton qiladigan holatlar, bölib turgan turli voqea va hodisalardan ğaflatda qolişga heç kimning haqqi yöq. Mamlakatlarni, jamiyatni, oilalarni, insonni halokat va falokatga uçratadigan eng yomon musibatlardan biri bu – beparvolik, ğaflat, loqaydlik va şunga oid yomon hislatlardir. Bu insonlarga körinmaydigan illatlardan, kasalliklardandir desak mubolağa bölmaydi. Şuning uçun ham jannatmakaon Vatanimiz fuqarolari, barça-barçamiz mazkur yomon hislatlardan çiqişimiz lozim va lobuddir.
Dinimiz beparvolik, ğaflat, loqaydliklardan qat'iy qaytarib, u kabi illatlarga tuşmaslikka tarğib etgan.
Xulosa qiladigan bölsak, dinimizning tinçlik va xotirjamlikka bölgan e'tibori neçoğlik katta, hamda bağrikenglik uning negizi ekanligi yaqqol nomoyon böladi. Inson özidagi ne'matning qadrini uning ustida mulohaza yuritiş, şu ne'matdan özgalar ham bahramand yoki bebahra ekanligini öylab köriş bilan biladi. Bu esa yanada köproq Allohga şukr qilişga undaydi. Ne'matning bardavom bölişi, uning şukrini ado etilişiga boğliqdir. Tinçlik va xotirjamlik ana şunday amaliy şukr talab qiladigan ne'matlardandir. Bu ne'matning şukrini ado etiş barçaning zimmasiga farzdir. Yoşi uluğ nuroniy otaxon va onaxonlarimiz uşbu ikki uluğ ne'matning mustahkamligini sörab duo qilişlari, yoşlar özlarining halol mehnatlari, uni himoya qiliş uçun astoydil bel boğlaşlari bilan bu ne'matning şukrini ado etgan bölamiz. Şu bilan birga davrimiz va muqaddas dinimizning talab va tavsiyalarida amalga oşirgan bölamiz.
Alloh taolo Yurtimiz tinçligi va xotirjamligini barqaror va bardavom, xalqimizning hayotini faravon qilsin.