Rim ma'muriyati Kolizey binosi yonida turib va özi bilan birga suratga tuşişni taklif qiluvçi gladiatorlarga öxşab kiyinib olgan animatorlarni sayyohlarning kissalari tunab ketilişi holatlari köpayib ketgani sababli taqiqlab qöydi, deb xabar bermoqda The Local.

Oxirgi vaqtda Rimga keluvçi sayyohlar kartmonlari va qöl yuklari yöqolib qolayotganidan şikoyat qila boşladilar. Animatorlar "gladiatorlar bilan suratga tuşişni" taklif qiladilar va suratga tuşiş vaqtida heç narsadan bexabar sayyohlarni "ship-şiydon" qilişadi.

Şahar ma'muriyati bunday faoliyatni taqiqlaşga farmon qildi. Hujjatda aytilişiça, taqiqlov "jamoatçilik tartibini saqlaş" va şaharning "madaniy, badiiy va haykaltaroşlik merosini muhofaza qiliş" maqsadida kiritilgan. Qoidabuzarlar 400 yevrolik jarima bilan jazolanadilar.

Şuningdek, Rim rahbariyati rikşalarni ham taqiqlab qöydi, çunki şahar markazida istalgan, jumladan pedal yoki elektrodvigatellar yordamida harakatlantiriluvçi transport vositalari taqiqlangan.