Rim imperiyasi aholisining aniq sonini belgilaş tarixçilar uçun murakkab vazifalardan biri hisoblanadi. Sababi, qadimgi Rimda ötkazilgan aholi röyxatlari imperiyada yaşagan barça kişilarni qamrab olmagan.
Zamonaviy baholarga köra, imperiya öz qudratining eng yuqori davrida 59–76 million nafar aholiga ega bölgan.
Bu körsatkiçni hisoblaşda tarixçi va arxeologlar turli manbalar, miqdoriy usullar va matematik modellardan foydalangan.
Jumladan, qadimgi şaharlardagi arxeologik qazişmalar orqali qança uy bölgani va aholi qançalik ziç joylaşganini baholaş mumkin. Soliq va harbiy hujjatlar esa oilalar hajmi, demografik tendensiyalar va armiyada xizmat qilganlar soni haqida maʼlumot beradi.
Oziq-ovqat taʼminoti ham muhim manba hisoblanadi. Rim katta miqdorda, jumladan Şimoliy Afrikadan don import qilgan. Bir kişi yiliga örtaça qança don isteʼmol qilganini hisobga olib, olimlar uşbu mahsulotlar qança aholini taʼminlaganini taxmin qilişadi.
Qadimgi qabristonlar ham demografik manba vazifasini ötaydi. Oilaviy dafnlar, qabrlar soni va ölim körsatkiçlari aholining soni va tarkibini baholaş imkonini beradi.
Şu bilan birga, qadimgi Rimdagi aholi röyxatlari tarixçilar örtasida hanuz bahslarga sabab böladi. Masalan, Avgust davridan oldingi röyxatlardan birida qariyb 900 ming fuqaro qayd etilgan bölsa, Avgust davridagi birinçi röyxatda bu raqam 4 milliondan oşgan. Bu farq hisoblaş metodikasi va röyxatga kimlar kiritilgani bilan boğliq bölişi mumkin.
395-yilda Rim imperiyasi Ğarbiy va Şarqiy qismlarga bölingan paytda Ğarbiy Rim imperiyasida taxminan 22 million, Şarqiy Rim imperiyasida esa 34 million kişi yaşagan.
Mutaxassislar taʼkidlaşiça, 59–76 millionlik körsatkiç qatʼiy raqam emas. Yangi arxeologik kaşfiyotlar va matematik modellarning takomillaşişi kelgusida Rim imperiyasi aholisi haqidagi baholarni özgartirişi mumkin.








