Orxus universiteti (Daniya), Londondagi Qiroliça Mariya universiteti va Yevropaning boşqa ilmiy markazlari olimlaridan iborat guruh Rim imperiyasi yöllarining hozirgaça yaratilgan eng batafsil raqamli modelini tayyorladi.

Raqamlaştirilgan quruqlik yöllarining umumiy uzunligi qariyb 300 ming kilometrni taşkil etgan. Yangi model olimlarga Rim imperiyasining yöl tarmoği amalda qanday tuzilganini keng kölamda tahlil qiliş imkonini berdi.

Tadqiqot natijalari Nature Communications ilmiy jurnalida eʼlon qilingan.

Rim yöllari doim ham töğri bölmagan

Tadqiqot Rim muhandislari yöllarni imkon qadar töğri qurgani haqidagi keng tarqalgan tasavvur ham töliq haqiqatga mos emasligini körsatdi.

Olimlarning xulosasiga köra, qadimgi rimlik muhandislar yölni har qanday şaroitda ham töğri çiziq böylab qurişga intilmagan. Aksinça, ular yöl yönalişini mahalliy relyefga moslaştirgan.

Töğri yönalişdan foydalaniş imkoni bölgan joylarda rimliklar şunday yöllarni afzal körgan. Ammo butun imperiya miqyosida qaralganda, qadimgi Rim yöllari zamonaviy asosiy avtomobil yöllariga nisbatan ança egri-bugri bölgan.

Yöllarning qayerdan ötişiga toğlar, vodiylar, daryolar va aholi punktlarining joylaşuvi katta taʼsir körsatgan.

Rim muhandislari murakkab hududlardan ötiş uçun terrasalar quriş, toğ jinslarini kesib yöl oçiş, tayanç devorlari va köpriklar barpo etiş kabi usullardan foydalangan.

Tadqiqotçilar köplab holatlarda muhandislar töğriroq, ammo uzunroq yöl örniga qisqaroq, lekin egri-bugri marşrutni tanlaganini aniqlagan.

Bu holat ayniqsa Janubiy Yevropa va Örta Yer dengizi atrofida yaqqol körinadi. Bu hududlarda relef murakkabroq bölgani sababli yöllarni töğri çiziq böylab quriş imkoniyati kamroq bölgan.

Barça yöllar haqiqatan ham Rimga olib bormagan

Tadqiqot maşhur «Barça yöllar Rimga olib boradi» iborasi ortidagi tarixiy tasavvurga ham boşqaça qaraş imkonini bergan.

Olimlar xulosasiga köra, Rim butun imperiya miqyosidagi quruqlik transport tizimining yagona markazi bölmagan.