Britaniyalik boksçi, oğir vazn toifasida WBO va WBA versiyalari böyiça sobiq jahon çempioni Tayson Fyuri boksga qaytişini e'lon qildi. 28 yoşli sportçi bu haqda tvitterdagi sahifasida ma'lum qildi.

"Butun divizionni tilka-pora qiliş uçun yaqin orada qaytaman!", deb yozgan Fyuri hamda uning promouteri Frenk Uorren u uçun har oy jang uyuştirişini qöşimça qilgan.

13 oktabrda Fyuri giyohvand moddalarga ruju qöyganligiga qarşi kuraşiş uçun çempionlik unvonlaridan voz keçgandi.

5 oktabrda boksçi unga depressiyaga qarşi yordam berişi sababli kokain qabul qilişini tan olgan. Bundan ikki kun avval britaniyalik faoliyatini tugatayotganini, biroq şu kunning özida bu hazil bölganini aytgan.