Bett Neş deyarli 60 yil davomida styuardessa bölib işlaydi. American Airlines’da işlovçi 80-yoşli xodimning hayotiga CNN e'tibor qaratgan. Telekanalning ta'kidlaşiça, ayolni dunyodagi eng keksa styuardessa deb aytiş mumkin.

Neşning sözlariga köra, ösmirlik davridayoq şu iş bilan şuğullanişni orzu qilgan. U ayni damda yöq bölgan Amerikaning Eastern Airlines aviakompaniyasiga 1957 yilning 4 noyabr kuni işga kirgan.

Ayolning xotirlaşiça, öşa davrlarda havo sayohatlari juda ham dabdabali bölib, yölovçilarga tölaqonli tuşlik berilgan. Şu bilan bir qatorda, styuardessalarga qiyin bölgan – ular ança oğir bölgan patnislarni olib yurişga majbur bölişgan, deb ta'kidlaydi Neş.

Ayolning sözlariga qaraganda, bugun faoliyatning bu turi fuqaro aviatsiyasidagi boşqa sohalar singari biroz osonlaşgan. Neşning aytişiça, öşa paytlarda reyslar haqidagi ma'lumot doskalarda bör bilan yozib qöyilgan. Ayol hali-hamon öz işi va yölovçilarni yaxşi körişini tan oldi.