Ijtimoiy tarmoqlarning özbekistonlik faol foydalanuvçilari bugun Respublikamizda ötkazilgan Özbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga befarq bölişmadi.
Ular tomonidan Instagram, feysbuk va tvitter ijtimoiy tarmoqlarida #Saylov, #Saylov2016, #Uzbekistan, #Uzbekistan, #MoyVybor, #MoyPrezident, #MoyPrezident, #Mirziyoyev, #VoteForMirziyoyev hamda #MirziyoyevPrezident heşteglari yozib qoldirildi. Natijada mazkur heşteglar foydalanuvçilar, xususan yoşlar orasida ommalaşdi.

Şuni alohida e'tirof etiş joizki, tahlil natijalariga köra, eng ommalaşgan heşteg #MirziyoyevPrezident heştegi böldi. Uşbu heşteg bilan tvitterda 174 mingdan ortiq tvit qoldirildi va heşteg dunyo trendiga çiqdi (tvitlar yozilişi davom etmoqda).
Uşbu heşteg Hashtags.org analitik saytida ham dunyo böyiça maşhur (“yulduzli”) heşteglar orasida eng yuqori poğonani egalladi.

Eslatib ötamiz, avval ham ijtimoiy tarmoqning özbekistonlik faol yoşlari bir neça marta (#Navoiy575, #BoburDay va #NavrUZ kabi heşteglar bilan) dunyo trendini zabt etişgan edi.









