AQŞ hukumati mahalliy hindularning uzoq davom etgan noroziliklari sababli Şimoliy Dakota ştatidan ötuvçi neft quvuri qurilişini noma'lum muddatga töxtatdi va qurilişning boşqa yönalişlarini körib çiqmoqçi.

AQŞ armiyasi muhandislik korpusi rahbariyatining aytişiça, quvurni yotqaziş rejasi qurilişning muqobil yönalişi topilmagunça töxtatildi.  

Norozilar quriliş töxtalişiga tantana bilan munosabat bildirişdi va bu holat tub xalqlarning huquqlari va erkinliklarini himoya qiliş tarixidagi ramziy on bölganini ta'kidlaşdi. Biroq AQŞning yangi prezidenti Donald Tramp neft quvuri qurilişining dastlabki rejasini qöllab-quvvatlaşini aytgan. Quvurning qurilişiga javobgar bölgan Energy Transfer Partners kompaniyasi işlarning töxtatilişidan  norozi bölgan.

Şimoliy Dakota ştatidan Illinoys ştatigaça davom etuvçi 1185 km lik neft quvuri loyihasi 3,7 mlrd dollarga baholanmoqda. Quvurning aksariyat qismi qurib bitkazilgan. Dastlabki rejaga köra, Dakota va Minnesota ştatlari çegarasida quvur Missisipi daryosidan ötişi kerak, aynan şu holat nizo va noroziliklarga sabab böldi.

Norozilar quvur daryoni ifloslantirişidan xavotirlanmoqdalar. Hindularning aytişiça, quriliş şuningdek Siu qabilasi marhumlarni dafn qiladigan muqaddas yerlarga ham ta'sir körsatadi.