Seşanba kuni Yevropa çempionlar ligasining guruh bosqiçi sönggi tur uçraşuvlariga start beriladi. 6-tur oldidan haqiqiy intriga saqlanib qolgan V guruhi anonsi bilan Tribuna.Uz taniştiradi.
V guruhi
DINAMO KIYeV – BeŞIKTOŞ (00:45, Matç! Arena)
Boş hakam: Kreyg Tompson (Şotlandiya)
Da'vogar uçlik içida eng oxirgi örinda qayd qilingan bölişiga qaramay, «Beşiktoş» keyingi bosqiçga çiqiş uçun yaxşi imkoniyatga ega bölib turibdi. Şenol Göneş şogirdlari Kiyevdan ğalaba bilan qaytişsa, kifoya, narigi öyin natijasi ular uçun faqat guruhdagi 1-2 örin masalasini hal qilib beradi. Rebrov jamoasi esa barça imkoniyatlarini yöqotib bölgan.
Ikkala jamoa ham sönggi paytlarda mahalliy çempionatda sinxron natija qayd qilib kelyapti. Durang, keyin ğalaba, keyin yana durang. Sönggi turda «Beşiktoş» Istanbul derbisida «Fenerbahçe» bilan nursiz hisob (0:0) qayd qilgan bölsa, Vorsklada qorli stadionda kiyevliklar şahar jamoasi bilan 2:2 hisobida durang öynaşgan.
Mezbonlar tarkibida Valeriy Fedorçuk va Daniloda jarohat bor. Mehmonlar tarkibida esa şunday muammoga duç kelgan futbolçilar soni uçta: Janer Erkin, Taliska va Rodolfo. Qolgan çiziqlarda jamoa jangovar tarkib bilan harakat qilişga şay bölib turibdi.

BeNFIKA – NAPOLI (UzReport TV, 00:45 Matç! Futbol 2)
Boş hakam: Antonio Metyu Laos (Ispaniya).
Kunning tom ma'noda markaziy uçraşuvi. Pley-off yöllanmasi öynaladigan öyin. Öz uyida qayd etgan ajoyib natijasi (4:2) sabab bu uçraşuvda italiyaliklarni durang ham qanoatlantiradi. «Benfika» esa faqat va faqat ğalaba qozonişi kerak böladi.
Öyin oldidan lissabonliklarning kayfiyatini yaxşi deb bölmaydi. YeÇL haqida şunçalik qattiq öylab yuborişdi şekilli jamoa ötgan hafta içki birinçilikda kutilmaganda «Maritimu»ga imkoniyat boy berildi – 1:2. Maurisio Sarri jamoasi esa Portugaliyaga ajoyib natija bilan yetib keldi. Azaliy raqiblardan biri «Inter» ötgan haftada Neapolda tor-mor etildi – 3:0.












