F guruhida ikkala öyinda ham aniq masalalarga oydinlik kiritiladi. Markaziy uçraşuvda guruh ğolibi aniqlansa, Polşada esa Yevropa ligasi yöllanmasi öynaladi. Tribuna.Uz guruhdagi oxirgi tur anonsini keltirgan.

Real Madrid – Borussiya D (00:45, Matç! Futbol 1)
Boş hakam: Şimon Marçinyak (Polşa).

Pley-off masalasini hal qilib olgan ikki jamoa endi özaro öyinda guruhda kim ğolib bölişi masalasiga oydinlik kiritib olişi kerak. Dortmundda jamoalar bir oçkodan bölişib olgandi. Bu safar ham durang natija nemislarni qanoatlantiradi.

«Real» bundan ikki kun oldin ham «Borussiya»ga qarşi uçraşuvni öylayotgani yöq edi. Jamoa Ispaniya çempionatidagi eng prinsipial raqibga qarşi uçraşuva maydonga tuşib, sönggi daqiqalarda kiritgan goli evaziga özlari uçu qoniqarli natijaga erişdi. «Borussiya» esa «Legiya» bilan afsonaviy öyindan keyin, bundesligada boşqa bir «Borussiya»ni yirik hisobda mağlubiyatga uçratdi. Jarohatdan tuzalib safga qaytgan Marko Roys sönggi uçraşuvlarda jamoaning sermahsul öyinlarida asosiy rolni bajarmoqda.

Hozirça ikkala jamoaning şu kungaça ötkazgan özaro öyinlarida 4 ğalaba, 4 durang, 3 mağlubiyat bilan «Real» yetakçilik qilmoqda. Töplar nisbati böyiça körsatkiç ham madridliklar foydasiga — 16-14.

«Real» tarkibida Garet Beyl uzoq muddatga safdan çiqqan. Alvaro Morata va Pepe umumiy guruh bilan birga maşğulotlarda iştirok etmoqda va bugungi uçraşuvga tuşiş uçun tayyor bölib turibdi. Ammo Toni Kroos ham maşğulotlarda qatnaşayotgan bölişiga qaramay, Zidan uning töliq tiklanib olişiga xavf solib, tavakkalga bormasa kerak. «Borussiya» tarkibida Gerreyro, Marsel Şmeltser, Erik Durm jarohatidan foriğ bölgan. Ammo Sven Bender va darvozabon Roman Burki hamon jamoa lazaretida qolmoqda va bu uçraşuvni ötkazib yuborişadi.

Legiya – Sporting (00:45, Matç! Naş sport)
Boş hakam: Janluka Roççi (Italiya)

Yevropa ligasi yöllanmasi öynaladigan uçraşuvda mezbonlarni faqatgina ğalaba qoniqtiradi. «Sporting» esa durang natija qayd etgan taqdirda ham bahorda yevrokuboklarga yana qaytişi mumkin böladi.