Toşkent şahrining sobiq hokimi Kozim Tölaganov mamlakatning yangi prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan Davlat arxitektura va quriliş qömitasining Loyihalaştiriş va quriliş-montaj işlari sifatiga rioya etilişi ustidan Davlat nazorati boş boşqarmasi boşliği etib tayinlangan. Bu ma'lumot Kun.uz naşrining savollariga javob qaytargan boşqarmadagi manba tomonidan tasdiqlandi.
Kozim Tölaganov 1997-2001 yillarda Toşkent şahar hokimi, keyinroq boş vazir örinbosari va Toşkent viloyati hokimi (2005 yilgaça) sifatida işlagandi.

(çapdan Kozim Tölaganov, marhum birinçi prezident Islom Karimov, marhum Boş vazir Ötkir Sultonov ).
Ma'lum qilinişiça, yangi saylangan prezident Kozim Tölaganovning quriliş sohasidagi ulkan tajribasini inobatga olib, hukumat tarkibiga qaytargan.
Özbekiston prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev saylovoldi kampaniyasi doirasida 24 noyabr kuni Toşkent şahrida saylovçilar bilan uçraşgan va poytaxtni rivojlantiriş dasturi haqida ma'lum qilgandi. Şundan keyin Kozim Tölaganov Davlat arxitektura va quriliş qömitasidagi olti boşqarmadan birining boşliği etib tayinlangan.
Şavkat Mirziëyev Tölaganov zimmasiga poytaxtni rivojlantiriş dasturi ustidan nazorat etiş vazifasini topşirgan.
Eslatib ötamiz, uşbu dastur doirasida 2017-2022 yillarda Toşkent şahrining Sergeli dahasida zamonaviy talablarga javob beruvçi 500ta köpxonali uylar quriş rejalaştirilgan.
Bundan taşqari, dasturda poytaxtda istirohat boğlari, yaşil hududlar barpo qiliş, metro yönalişlari böyiça qurilişlarni tezlaştiriş nazarda tutilgan.
Şavkat Mirziyoyev Toşkentda hal qilinişi lozim muammolar va kelgusidagi loyihalar haqida












