Özbekistonda «Özbekturizm» kompaniyasi tugatilib, Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi taşkil etiladi. Bu Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2 dekabrdagi «Özbekiston Respublikasi sayyohlik sohasini rivojlantirişni tezlaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmonida közda tutilgan.

Farmon mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmoği sifatida turizmni jadal rivojlantiriş uçun qulay iqtisodiy va taşkiliy-huquqiy şart-şaroitlar yaratiş, hududlarning ulkan turizm salohiyatidan yanada töliq va samarali foydalaniş, turizm tarmoğini boşqarişni tubdan takomillaştiriş, milliy turizm mahsulotlarini yaratiş va ularni jahon bozorlarida tarğibot qiliş, turizm sohasida Özbekistonning ijobiy qiyofasini şakllantirişga yönaltirilgan.

Quyidagilar örta muddatli istiqbolda turizm sohasidagi davlat siyosatining maqsadli vazifalari va ustuvor yönalişlari etib belgilangan. 

 - turizmni rivojlantirişning yaxlit konsepsiyasini şakllantiriş va izçil amalga oşiriş, turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini beriş, uşbu sohani barça hududlarni va özaro boğliq tarmoqlarni kompleks ravişda jadal rivojlantirişning yetakçi kuçiga aylanişi lozim bölgan iqtisodiyotni diversifikatsiyalaş, tarkibiy özgartiriş va barqaror rivojlanişning qudratli vositasiga aylantiriş, yaratiladigan yalpi içki mahsulotda, mahalliy byudjyet daromadlarida turizmning uluşini köpaytiriş, iş bilan bandlikni ta'minlaş, aholining turmuş darajasi va sifatini oşiriş böyiça tizimli çora-tadbirlarni amalga oşiriş; 

 - turizm industriyasi sub'yektlari faoliyati uçun qulay şart-şaroitlarni şakllantirişga yönaltirilgan turizm faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarini va normativ-huquqiy bazani yanada takomillaştiriş, turizmning rivojlanişidagi barça tösiq va ğovlarga barham beriş, viza va röyxatdan ötkaziş tartib-taomillarini, pasport va bojxona nazoratini soddalaştiriş, turizm sohasini davlat tomonidan boşqariş va bozorga xos tarzda tartibga soliş mexanizmini maqbullaştiriş, turizm sohasida tadbirkorlik faolligini rağbatlantiriş va turizm xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantiriş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiriş, turizm sohasida statistik hisobga oliş tizimini takomillaştiriş; 

 - turizm xizmatlarini taşkil etişda, eng avvalo, turistlar joylaştiriladigan joylarda, ovqatlaniş punktlarida, respublika hududi böylab harakatlanişda, turizm obektlariga taşriflarni uyuştirişda turistlar va ekskursantlarning hayoti va soğliği xavfsizligini ta'minlaş böyiça kompleks çora-tadbirlarni amalga oşiriş; 

 - mamlakatda turizmni jadal rivojlantiriş, mavjud ulkan turizm salohiyatidan yanada töliq va samarali foydalaniş, an'anaviy madaniy-tarixiy turizm bilan birgalikda turizmning boşqa salohiyatli turlarini – ziyorat qiliş, ekologik, ma'rifiy, etnografik, gastronomik, sport, davolaş-soğlomlaştiriş, qişloq, sanoat, işbilarmonlik turizmi va boşqa turlarini jadal rivojlantiriş, bolalar, ösmirlar va yoşlar turizmini, oilaviy turizmni, keksalar uçun ijtimoiy turizmni rivojlantiriş hisobiga turizmning ijtimoiy ahamiyatini kuçaytiriş, hududlarda yangi turizm yönalişlarini taşkil etiş, ularni pasportlaştiriş, turizm yönalişlari va turizm obektlari böyiça yagona milliy reyestrlarni şakllantirişga yönaltirilgan içki, kiriş va çiqiş turizmini kompleks rivojlantirişning milliy va hududiy dasturlarini işlab çiqiş va amalga oşiriş;