Dortmundning «Borussiya» klubi hujumçisi Marko Roysning YeÇL guruh bosqiçi 6-turidagi «Real»ga qarşi keçgan uçraşuvda (2:2) urgan goli nemislar jamoasi uçun uşbu bosqiçdagi 21-golga aylandi.
Şu tariqa, «Borussiya» Çempionlar ligasining guruh bosqiçida urilgan gollar böyiça rekord örnatdi.
«Borussiya» avvalgi turlarda «Legiya»ni 6:0 va 8:4, «Sporting»ni 2:1 va 1:0 hisoblarida yenggan, «Real» bilan 2:2 hisobida durang öynagandi.
Ma'lumot uçun, «Real» (2013/14-mavsum), «Barselona» (2011/12-mavsum, 2016/17-mavsum) va «Mançester Yunayted» (1998/99-mavsum) klublari bitta bosqiçda 20 gol urib bir xilda eng yaxşi natijalarni qayd etib turişgandi.












