Avval xabar berganimizdek, Xalqaro Boks Assotsiatsiyasi (AIBA) yilning eng yaxşi boksçisini aniqlaş uçun Twitter ijtimoiy tarmoği orqali sörovnoma e'lon qilgan edi. Unga köra, uç nomzod boks böyiça yilning eng nufuzli sovriniga da'vogarlik qilayotgandi, deb xabar qilmoqda Sports.uz sayti.

- Hasanboy Dösmatov – Rio 2016 Olimpiada öyinlarining oltin medal sohibi (Özbekiston)

- Robeysi Ramires – Rio 2016 Olimpiada öyinlarining oltin medal sohibi (Kuba)

- Daniyar Yeleussinov - Rio 2016 Olimpiada öyinlarining oltin medal sohibi (Qozoğiston)

Biroz avval yakuniga yetgan sörovnomada barça töplangan ovozlarning 77 foizini qölga kiritgan hamyurtimiz Hasanboy Dösmatov “Yilning eng yaxşi boksçisi” sovriniga loyiq deb topildi.

Skrinşot: Twitter/AIBA_Boxing

Agar, Xalqaro Boks Assotsiatsiyasi (AIBA) “yilning eng yaxşi boksçisi”ni aniqlaş uçun qayta sörovnoma ötkazmasa, sovrin joriy yilning 20 dekabr kuni Hasanboy Dösmatovga topşiriladi (çunki sörovnomada dunyo böylab 1,234 nafar foydalanuvçi iştirok etgan, xolos).

Eslatib ötamiz, Hasanboy Dösmatov Braziliyada bölib ötgan Olimpiadada 49 kg.gaça vazn toifasida kolumbiyalik Yuberxen Martines Rivasni yengib, oltin medalni qölga kiritgan edi. 

Biroz avvalroq, Hasanboy Dösmatov va boks murabbiyi Ravşan Xadjayev "Oltin Mangust" xalqaro mukofotiga loyiq topilgan edi.