Misr poytaxti Qohira şahrida joylaşgan koptlar sobori yaqinida kuçli portlaş röy berdi.

Reyter agentligining milliy xavfsizlik xizmatidagi manbaga asoslanib xabar qilişiça, portlaş oqibatida 18 kişi halok bölgan va 50dan ortiq kişi jarohatlangan.

Dastlabki ma'lumotlarga köra, noma'lum şaxs ibodatxonaga portlovçi qurilmani uloqtirgan.