Özbekiston çegara qöşinlari 2016 yilning noyabr oyida davlat çegarasini noqonuniy keçib ötmoqçi bölgan 181 kişini qölga oldi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati qoşidagi davlat çegaralarini qöriqlaş qömitasi vakili ma'lum qilgan.
Bu masalada eng köp özbek-qozoq çegarasida qölga olingan — 101 kişi. Boşqa holatlar esa Qirğiziston — 68 kişi, Afğoniston — 6 kişi, Tojikiston — 5 kişi va Turkmaniston — 1 kişi qayd etilgan.
Ma'lumotlarga köra, Qirğizistondan Özbekistonga noqonuniy ravişda 44 marta ötişga harakat qilingan va 830 million sömlik tovarlar uşlab qolingan.










