Har qanday kasb, tijorat, tadbirkorlik va hokazo bilan şuğullanuvçi şaxs eng avvalo niyatini xolis qilib olişi zarur. Masalan, qilinayotgan sa'y-harakat zaminida maişati uçun kifoya qilarlik darajada rizq topiş orqali özi va ahli oilasini odamlarga yuk böliş, birovlarning qöliga qaram bölib qoliş, boşqalarning moliga köz olaytirib, tamagirlik qiliş kabi holatlardan himoya ostiga oliş, iffatini saqlaş, halol rizq topiş, muhtojlarga yordam qölini çöziş kabi ezgu niyatlar bölişi lozim. Ana şunday qilsa, inşaalloh insonning rizq talabidagi har bir harakati ibodatga aylanadi. Zero, hadisi şarifda aytilganidek amallar niyatlarga köra e'tiborlidir. Abu Hurayradan (roziyallohu anhu) rivoyat qilingan hadisi şarifda Nabiy (alayhissalom) bunday marhamat qiladilar:

 الساعي على الأرملة والمساكين، كالمجاهد في سبيل الله، وكالذي يصوم النهار ويقوم الليل

«Beva va miskinlarni boqiş yölida sa'y-harakat qiluvçi kişi xuddi Alloh yölida jiddu jahd qiluvçi kişidek va kunduzi rözador keçasi esa ibodatda qoim bölgan kişidek (ajr-savobga ega böladi)». (Imom Buxoriy, «al-Adab al-mufrad», Imom Muslim va Ibn Moja).

Kasbi va tijorati borasida kerakli bilim, fiqhiy tuşunçalarga ega böliş. Inson öz savdo-sotiğida haromga tuşib qolmasligi, birovning haqini yeb qöymasligi yoxud moliga şubha aralaşib qolmasligi hamda durust savdo bilan nodurust savdoni ajrata bilişi uçun tijoratga doir umumiy ahkomlarni bilib olişi mustahab sanaladi. Hazrat Umar (roziyallohu anhu) davrlarida tobeinlarning uluğlari bozorlarni aylanişar va bozordagi sotuvçilardan tijorat va savdo-sotiqqa doir qiyin-qiyin masalalarni söraşardi. Javob bera olganlari qolardi, javob bera olmaganlari esa to örganib kelmagunça bozordan çetlatilardi.

Umar ibn Xattob (roziyallohu anhu) «Bozorlarimizda faqat dinda faqih bölgan kimsalargina savdo qilişsin!» deb jar soldirar edilar.

Rahmatulloh SAYFUDDINOV
Yunusobod tumani boş imom-xatibi,
Toşkent Islom Instituti öqituvçisi,
«Mirza Yusuf» jome masjidi imom-xatibi