Jahon | 17:47 / 11.12.2016
9498
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya hukumati Istanbuldagi terakt uchun javobgarlikni KIP zimmasiga yukladi

Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari No‘'mon Kurtulmushning ma'lum qilishicha, Istanbuldagi portlashlar Kurdiston ishchilar partiyasi a'zolari tomonidan sodir etilgan.

«Bu teraktlar ortida KIP turibdi», —deya bosh vazir o‘rinbosarining so‘zlarini keltirgan Hurriyet.

Kurtulmush ushbu portlashda rosa 400 kg miqdoridagi portlovchi moddadan foydalanilganini aytib o‘tgan.

Istanbulning Beshiktosh tumanida joylashgan Vodafone Arena o‘yingohi yaqinida 10 dekabr oqshomida sodir etilgan teraktlar tufayli 38 kishi halok bo‘ldi va 160 kishi jarohatlandi.

Bundan oldinroq Turkiya IIV ushbu teraktga aloqadorlikda gumon qilinib, 13 kishi qo‘lga olingani haqida xabar bergandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid