Yuqori tezlikda harakatlanuvçi poyezdlar Yevropada ham AQŞda ham samolyotlar örnini egallamoqda. Avval sayohatçilar tez yuriş vositasi sifatida samolyotni tanlaşgan bölsa, hozirda yuqori tezlikda harakatlanuvçi poyezdlarni tanlaşmoqda. Quyida ana şunday poyezdlardan eng zör yettitasi havola etiladi. 

1. InterCity Express. Uşbu poyezd butun Germaniya böylab harakatlanadi. Bu sayohatçini davlatning istalgan burçagiga olib borib qöyadigan qulay ekspress hisoblanadi.

2. AVE Talgo-350. Vagonining boş qismi ördakni eslatib yuboruvçi uşbu poyezd Barselona va Madrid örtasida qatnaydi.

3. CRH380A. Poyezd Şanxay va Nankin şaharlari örtasida harakatlanadi. Uning tezligi soatiga 380 km bölib, yölovçisiz soatiga 486 km gaça çiqadi.

4. Şanxay Magveli. Loyiha Transrapid 08 nomini olgan, ammo xalq içida uni Şanxay Magveli deb nomlaşadi. Bu jahondagi eng tez poyezdlardan biri hisoblanadi.

5. TGV. Frantsuz muhandislari tomonidan loyihalaştirilgan poyezd. U ham eng tez poyezdlardan biri hisoblanadi.

6. Shinkansen. Bu poyezd loyihasi esa yaponiyaliklar tomonidan işlab çiqilgan. U Osaka va Tokio şaharlarini boğlab turadi. Bunga 2 soat-u 25 daqiqa kifoya etadi.

7. MLX01. Bu ham fransiyalik ustalarning yorqin loyihasidir. MLX01 «magvel» tizimida harakatlanadi.