Reddit foydalanuvçilaridan biri Avstraliyadagi “Makdonalds”lardan birida uşlangan örgimçak suratini taqdim etdi.

“Makdonalds”ga xuş kelibsiz. Endilikda biz Avstraliya ta'mi bilan uyğunlaştirilgan içimliklarni taqdim etamiz”, - deyiladi surat ostidagi yozuvda. Tasvir bir neça soat davomida deyarli 100 ming marotaba körilib, 300 ta izohga sabab bölgan. Foydalanuvçilarning ta'kidlaşiça, yigit zahri insonning ölimiga olib keluvçi qora bevani uşlab olgan.

Köpçilik yuzerlar surat muallifiga maslahat berişga şoşilişgan. Ulardan biri örgimçakni öziga olib, uning törlari yordamida pul işlaşni yoki restoran tarmoqlarini “ölim mazasini bergan sovuq kofe” uçun sudga berişni taklif qilgan.