Diplomatik manbalarning sözlariga köra, Isroil hukumati rahbari Bokuga kelişi bilanoq Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan muzokaralar ötkazadi. Ikki tomonlama muzokaralar yakunida kelişuvlar imzolanişi kutilmoqda. Biroq, hozirça, hujjatlar qaysi sohalarga oid bölişi ma'lum qilinmayapti.
Şu bilan birga, Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuning Bokuga uyuştiradigan taşrifiga doir rasmiy darajada bayonot berilgani yöq. Bundan avval, Netanyahu 20 yil muqaddam, 1997 yilda Bokuga kelgan edi.
Ta'kidlanişiça, Ozarboyjon Isroil bilan keng qamrovli siyosiy, iqtisodiy, gumanitar aloqalarga ega oz sonli musulmon davlatlardan biri hisoblanadi.
Xabarlarga köra, Isroil boş vaziri Bokudan Ostonaga kelişni rejalaştirmoqda.












