Kanadaning Ontario provinsiyasida joylaşgan Toronto va uning çetlaridagi yöllarda kuçli qor yoğişi sabab bir sutka içida 500ga yaqin yöl transporti hodisasi kuzatildi. Bu haqda CTV telekanali xabar bermoqda.
Ontario politsiyasi vakili Kerri Şmidtning sözlariga köra avariyalarga asosiy sabab haydovçilar ob-havo şaroitini hisobga olişmagani bölgan. “Boşqaruvdagi vahima va agressivlik YTHga olib kelmoqda”, - deb tuşuntirgan politsiya xodimi. U jabrlanganlar haqida ma'lumot bermagan.
Milliy meteo byuroning ma'lumotlariga köra, 12 dekabr kuni Torontoda 20 sm. qalinlikda qor yoqqan. Şu sabab Pirson şahridagi xalqaro aeroportda yuzlab aviaparvozlar bekor qilingan yoki keçiktirilgan.
Kanadaning ayrim hududlarida kuçli qor yoğişi sabab favqulodda sovuq kuzatiladi. Milliy meteo byuro ma'lumot berişiça, Manitoba, Saskaçevan va Albert provinsiyalarining şimoliy qismida bu keça havo harorati Tselsiy böyiça -50 darajagaça tuşib ketişi mumkin.











