Turkiya taşqi işlar vazirligi va razvedka vakillari 14 dekabr, çorşanba kuni Halab (Suriya) masalasida rossiyalik hamkasblari bilan uçraşişadi. U yerdagi 150 mingdan ortiq tinç aholi şafqatsiz rejim hujumlari fonida muxolifat tuzoğida qolgan. Bu haqida Daily Sabah naşri xabar berdi.
Yuqori martabali turk amaldorining ta'kidlaşiça, Anqara Halabdagi muxolifatni evakuatsiya qilişda yordam beriş uçun AQŞ, Eron, Rossiya, Yevroittifoq va Fors körfazi mamlakatlari bilan iş olib bormoqda.
Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlut Çovuşöğli seşanba kuni özining çexiyalik hamkasbi Lyubomir Zaoralek bilan matbuot konferensiyasida çiqiş qilib, Turkiyaning Suriya masalasida barça tomonlar bilan muzokaralar olib borayotganini tasdiqladi.
"Otişmalarga çek qöyişga doir kelişuv Halabdagi tinç aholi evakuatsiyasi uçun juda zarurdir. Jarohat olganlar muolajaga muhtoj, aholi oç-nahor, insonparvarlik yordamlarini yetkazişning iloji yöq - Halab öz tarixida heç qaçon hozirgidek johillikni körmagan", - dedi taşqi işlar vaziri.
Turkiya taşqi işlar vazirligi Asad rejimini Halabdagi tinç aholiga hujum qilişini darhol töxtatişga çaqirdi.
Vazirlikda ta'kidlanişiça, Asad rejimi Halabning şarqiy qismidagi asosiy infratuzilma obektlari, jumladan şifoxonalar, maktablar, elektr energiya va suv ta'minoti bölimlarini vayron qilgan.
"Endi rejim tinç aholiga qarata hujum qilmoqda va ularni ommaviy qatl qilmoqda, şaharni tark etişni xohlaganlarga esa imkon berilmayapti", - deyiladi manbada.
Turkiya TIV rahbari Şarqiy Halabdagi tinç aholiga bölgan munosabatdan taajjubda ekanligini bildirdi va rejim tomonidan bunday harakatlarning amalga oşirilişi inson huqularini buzişini qöşimça qilişdi. Bundan taşqari, u şoşilinç ravişda tinç aholini BMT nazorati ostida evakuatsiya qiliş va insonparvarlik yordamini yölga qöyiş zaruratini ta'kidladi.












