Filippin prezidenti Rodrigo Duterte Davao şahri hokimi bölgan paytida jinoyatçilarni şaxsan öldirganligi haqida ma'lum qildi. U buni politsiya xodimlariga jinoiy unsurlar bilan kuraş şafqatsizlarça olib borilişi kerakligini tuşuntiriş maqsadida amalga oşirgan. Bu haqda prezident kuni keça ma'lum qildi.

"Davaoda men buni şaxsan qilganman. Bu politsiyaçilarga agarda men buni qila olsam, ular ham qilişi mumkinligini körsatib beriş maqsadida amalga oşirilgan", - deya davlat rahbarining sözlarini keltiradi AFP agentligi.

Agentlik ma'lumotlariga köra, Filippin yetakçisi Davao köçalarini öz şaxsiy mototsiklida "öldiriş imkoniyatini qölga kiritiş uçun mojaroli vaziyatlarni topiş maqsadida" kezib yurgan.

Eslatib ötamiz, 71-yoşli Rodrigo Duterte joriy yilning 30 iyun kuni Manila ma'muriyati rahbari lavozimiga kirişgan. Avvalroq u yetti yil mobaynida Davao şahri hokimi bölib işlagandi.

Duterte prezident bölgaç mamlakatda giyohvand moddalar tarqatilişi bilan jiddiy kuraş avj oldi. Uning oqibatida bir neça ming kişi halok böldi.