Joriy yilning ilk 6 oyi ichida Meksikada jinoyatchilar qo‘lidan 11 mingdan ko‘proq odam halok bo‘lgan. Bu 2017 yilning shu davridagi qurbonlar sonidan 28 foiz ko‘proqni tashkil qiladi. Jumladan, ayollar o‘ldirilishi soni oshgan. Shuningdek, giyohvand moddalar savdosi o‘sgan.
Mamlakatda yaqinda o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, 75 foiz meksikaliklar o‘zlarini xavf ostida, deb hisoblaydilar.
Meksika aholisi 127 mlndan ko‘proqni tashkil qiladi. 2017 yil mamlakatda jinoiy to‘dalar qurbonlari soni 29 ming kishini tashkil qilgan.









