Özbekiston Oliy Majlisi palatalarining qöşma majlisida Prezident Şavkat Mirziyoyev Boş vazir lavozimiga Abdulla Oripov nomzodini taklif qildi.
"Barçaning fikrlarini hisobga olgan holda men Vazirlar Mahkamasi rahbari örinbosari Abdulla Niğmatoviç Oripovni boş vazir lavozimiga taklif etaman", degan davlat rahbari.
Nomzod Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga möljallangan harakat dasturini taqdim qildi.
Deputatlar va senatorlar örtasidagi ovoz beriş yakunlariga köra, Abdulla Oripov Özbekiston boş vaziri lavozimiga tasdiqlagan.
Eslatib ötamiz, 2014 yil 21 dekabrda ötkazilgan parlament saylovi yakunlariga köra Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi eng köp − 52ta deputatlik örniga ega bölib, Konstitutsiyaning 98-moddasiga binoan boş vazir nomzodini ilgari suriş huquqini qölga kiritgandi. Partiya Şavkat Mirziyoyev nomzodini ilgari surgan va u köp ötmay prezident tomonidan lavozimga qayta tasdiqlangandi. Şavkat Mirziyoyev 4 dekabr kungi Prezident saylovida ğalaba qozondi.
12 dekabr kuni Özbekiston prezidentiga ÖzLiDeP tomonidan boş vazir lavozimiga Abdulla Oripov nomzodi taklif etilgan edi.
13 dekabr kuni Oliy Majlis Şavkat Mirziyoyevni boş vazirlik lavozimidan ozod etdi.
Özbekiston Boş vazirligiga nomzod Abdulla Oripov tarjimai holi
Abdulla Niğmatoviç Oripov Özbekiston davlat arbobi, Respublika Boş vaziri örinbosari, yoşlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari bilan şuğullanadi.
Avval xabar qilganimizdek, Abdulla Oripov nomzodi Özbekistondagi hukmron partiya ÖzLiDeP tomonidan Boş vazirlik lavozimiga ilgari surilgan. Endilikda, Özbekiston Oliy Majlisi Senati uning nomzodini Özbekiston Respublikasining saylangan prezidenti Şavkat Mirziyoyev öz vazifasiga kirişganidan söng, Boş vazirlik lavozimi xususida beradigan tavsiyasiga köra tasdiqlaşi kerak.
Abdulla Niğmatoviç Oripov – 1961 yil 24 mayida Özbekistonning Toşkent şahrida dunyoga kelgan. Millati – özbek, ma'lumoti – oliy. U 1983 yilda Toşkent axborot texnologiyalari universiteti (sobiq Toşkent elektrotexnika aloqa instituti)ni tamomlagan.
1983-1992 yillarda Toşkent telefon-telegraf stansiyasida 1-toifali muhandis sifatida faoliyat yuritgan. 1992-1993 yillarda Özbekiston Respublikasi Aloqa vazirligida boş mutaxassis, 1993-1995 yillarda «Özimpeksaloka» taşqi savdo firmasining direktor örinbosari vazifasida işlagan.












