Tarmoq foydalanuvçilari Mortal Kombat filmining afrikaça nusxasi treylerini katta qiziqiş bilan qabul qilişdi. Facebook’da çop etilgan rolik ikki kun davomida 100 ming marotaba tomoşa qilindi hamda uç mingdan ortiq izohga sabab böldi.
Foydalanuvçilar izohlarda suratga olişdagi mahorat va tasvirçi işini, şuningdek juda ğaroyib maxsus effektlarni alohida qayd etib ötişgan. Biroq, ba'zilarning taxminiça, film yaratuvçilarida mualliflik huquqi bilan boğliq muammolar yuzaga kelişi mumkin.
Film Kumawood kinostudiyasi tomonidan suratga olingan bölib, barça aktyorlar mahalliy çvi şevasida gapirişgan. Remeyk syujyeti Hollivudda yaratilgan va 1995 yilda ekranlarga çiqqan kartinadan tölaligaça köçirib olindi.











