Filippin prezidenti Rodrigo Dutertega nisbatan impiçment jarayoni boşlaniş ehtimoli bor. Bu uning Davao hokimi bölgan paytda jinoyatçilarni şaxsan öldirganligini tan olgaç, röy berişi mumkin, deb xabar beradi Reuters agentligi ikki nafar mahalliy senatorlarga tayangan holda.

"Bu xalq tomonidan bildirilgan işonçdan voz keçiş sanaladi, va konstitutsiyaga köra öta oğir jinoyat hisoblanadi. Ommaviy qotillik öta oğir jinoyatdan boşqasi emas hamda impiçment uçun asos bölişi mumkin", - deya ma'lum qilgan senatorlardan biri. "U bu haqda gapirib özini-özi foş qildi. Şu sababdan unga impiçment e'lon qiliş qonuniydir", - deya ma'lum qilgan Senatning boşqa bir a'zosi. Reuters ma'lumotlariga köra, vakillar Palatasi (quyi palata)da Dutertega 297 deputatdan faqatgina 50 tasi qarşi bölib turibdi. Bu esa impiçment e'lon qilişga yetarli emas.

Eslatib ötamiz, davlat rahbari çorşanba kuni Davaoda öz şaxsiy mototsiklida şahar köçalarida "öldiriş imkoniyatini qölga kiritiş uçun mojaroli vaziyatlarni izlab kezib yurgani" haqida ma'lum qilgandi. Duterte Filippin prezidenti lavozimini egallagaç, mamlakatda giyohvand moddalar noqonuniy aylanmasi bilan jiddiy kuraş avj oldi. Uning oqibatida bir neça ming kişi halok bölgan.