Özbekiston boş vazirining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etilgan Rustam Azimov örniga yangi rahbar tayinlandi.
Vaziyatdan xabardor manbalar ma'lumot berişiça, "Özbekiston temir yöllari" AJ rahbari Ramatov Oçilboy Jumaniyozoviç endilikda boş vazirning birinçi örinbosari hisoblanadi.

Ramatov özining kompaniya raisi lavozimini ham saqlab qolgan.
U Özbekistonning yangi boş vaziri Abdulla Aripov jamoasida böladi.
Joriy haftada Soğliqni saqlaş vazirligida rahbar kadrlar almaştirilgandi. Bugun esa Moliya vaziri Rustam Azimov öz lavozimidan ozod qilingani ma'lum böldi.
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 14 dekabr kuni Oliy Majlis palatalarining qöşma majlisida sözlagan nutqida oldinda turgan vazifalar haqida gapira turib, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Xususiylaştiriş, monopoliyadan çiqariş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi, bojxona tizimi va boşqa idoralar faoliyatini tubdan yaxşilaşga doir kompleks çora-tadbirlar amalga oşirilişini aytib ötgandi.












