13 nafar özbekistonlik magistrant Germaniyaning yetakçi kompaniyalarida uç oylik amaliyotni ötamoqda. Bu haqida Kun.uz muxbiri Özbekistonning GFRdagi elçixonasidan olingan ma'lumotga asoslanib, xabar berdi.
"Germaniya iqtisodiyoti Şarqiy Qömitasi (GIŞQ) xabariga köra, may oyi örtasidan 13 nafar özbekistonlik magistrant Germaniyaning yetakçi kompaniyalarida uç oylik amaliyotni ötamoqda. Dasturdan maqsad - nou-xau bilan bölişiş va ikki mamlakat işbilarmonlari örtasida hamkorlikni rivojlantiriş uçun yangi hamkorlik tarmoqlarini yaratiş", - dedi elçixona vakili.
Özbekiston tomondan loyihani amalga oşiriş böyiça hamkor Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «El-yurt umidi» davlat jamğarmasi hisoblanadi.
2019 yilning boşida GFRda amaliyot ötaş uçun 200 ga yaqin murojaat kelib tuşgan va 80 dan ortiq suhbat ötkazilgan. Köp bosqiçli saralovdan keyin 40 nafar kişi qolgan va oxir-oqibat Germaniya kompaniyalari tomonidan 13 nafar yuqori malakali magistrantlar tanlab olingan, ular biznes boşqaruvi, iqtisodiyot, muhandislik, axborot texnologiyalari, huquqşunoslik va buxgalteriya yönalişlarida tahsil olişmoqda.
Özbekistonlik magistrantlar may oyidan avgustgaça Germaniyaning «SAP SE», «Commerzbank AG», «Deutsche Telekom AG», «Siemens AG», «Knauf Engineering GmbH», «Schmitz Cargobull AG», «Ernst & Young Auditing GmbH», «GP Günter Papenburg AG», «Mangold Consulting GmbH» va «Rödl & Partner» kabi kompaniyalarida amaliyot ötaşmoqda.
Toşkentdagi dastlabki bir kunlik seminardan söng may oyida barça amaliyotçilar amaliyot ötaş uçun Germaniyaga yöl olişgan. Mazkur dastur Özbekiston uçun GIŞQ şafeligi ostida Şarqiy Yevropa mamlakatlarida amalga oşirilayotgan uçinçi ta'lim loyihasi hisoblanadi.











