BMW kompaniyasi Las-Vegasdagi CES iste'molçilik elektronikasi körgazmasida avtomobilning multimedia majmuasi va boşqa funksiyalarini boşqariş uçun muallaq turuvçi taçskrinni taqdim qiladi. HoloActive Touch innovatsion tizimi biror-bir sirtga qöllarni tekkizmay, imo-işoralargina bilan boşqarişni közda tutadi.
Taçskrin ixtiroçilarining aytişiça, u özida proyektsion displey, imo-işoralar bilan boşqariş funksiyalari va sensor ekranning ustuvor tomonlarini mujassamlaştirgan. BMW hozirça yangi tizimning barça tafsilotlarini keltirmagan, biroq uning işlaş prinsipini qisman tuşuntirgan.
Foydalanuvçi kerakli bandni tanlaşi uçun göyoki havoda muallaq turgan virtual tugmaga tegadi, maxsus kamera esa qöl harakatlarini qayd qilib, tegişli buyruqlarni uzatadi.
Tizim yaratuvçilarining ta'kidlaşiça, foydalanuvçi tizimni işlatişda qandaydir tarzda teskari aloqani oladi.
Bugungi kunda BMW yangi avloddagi "yettinçi" va "beşinçi" modellaridagi multimedia tizimlarida imo-işoralar bilan boşqariş funksiyasini joriy qilgan. Misol uçun, qöl harakatlari bilan audiotizim ovozini yoki trekni özgartiriş mumkin.
CES körgazmasi yanvar boşida öz işini boşlaydi.













