AQŞ prezidentligiga Demokratlar partiyasidan sobiq nomzod Hillari Klinton prezidentlik poygasi vaqtidagi xakerlik hujumlari va ularga Vladimir Putinning ehtimoliy aloqadorligi yuzasidan öz fikrlarini bildirib ötgan. Uning fikriça, bu holat Rossiya yetakçisining undan ranjigani sabab röy berdi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Klinton homiylarga atalgan tadbirdagi nutqida Rossiya prezidentining saylovlarga şaxsiy aralaşuvi yuzasidan ilk izohlarini berdi. 

Uçraşuvda bölgan manbalar sözlariga köra, u AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp haqida bir oğiz ham gapirmagan, biroq xakerlik hujumlari uning saylovlardagi mağlubiyatiga sabab bölganini ma'lum qilgan. Uning sözlariga köra, Putin Klintondan qattiq ranjigan. Bu u Rossiyada 2011 yilgi ötkazilgan parlament saylovlarini tanqid qilgani sabab yuz bergan ekan.