AQŞ sobiq davlat kotibi Hillari Klinton NATO kengayişiga Rossiya prezidenti Vladimir Putin aybdor, dedi. Uning sözlaridan Reuters iqtibos keltirdi.
«Afsuski, Vladimir, bu özingni siyosating», dedi Klinton. Uning qöşimça qilişiça, «heç kim NATO a’zosi bölişga majbur emas» va bu haqda har bir davlat mustaqil ravişda qaror qabul qiladi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Klintonga javob berib, u «hamma narsaning «oyoğini osmondan keltiriş» va tuşunçalarni almaştirişga urinişlari bilan tanilganini» aytdi.
«Klinton xonimga eslatib qöyadigan bölsak, NATO kengayişining köplab tölqinlari va alyans harbiy infratuzilmasi çegaralarimizga yaqinlaşayotgan paytda Putin Ğarb davlatlariga uşbu vaziyatni muhokama qiliş böyiça qat’iy taklif berdi. Va loyihasi Rossiya tomoni tomonidan tayyorlangan ma’lum bir hujjatni (xavfsizlik kafolatlari töğrisida) imzolaşni söradi. Biroq, Ğarb davlatlari buni muhokama qilişni qat’iy rad etdi. Va bunda Ukrainada davom etayotgan harbiy amaliyot nimaga boşlangani mutlaqo aniq böladi», dedi Peskov.
Rossiya qöşinlarining Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişidan keyin yillar davomida neytral bölib kelgan Finlyandiya va Şvetsiya NATO a’zosi böliş uçun ariza berdi. 2023 yil aprel oyida Finlyandiya alyansga a’zo böldi va Rossiyaning NATO bilan quruqlikdagi çegarasi ikki baravar köpaydi.








