Isaak Nyutonning «Tabiiy falsafaning matematik boşlanişlari» kitobining noyob, ilk naşri Christie's kimoşdi savdosida 3,7 million dollarga sotildi. Bu haqda Livescience xabar bermoqda.
Kitob 1687 yilda bosmadan çiqqan bölib, unda olam tortişiş qonuni va harakatning uç qonuni aniq tuşuntirib berilgan. Ular hozir Nyuton nomi bilan yuritiladi. Albert Eynşteyn öz vaqtida bu işni «ehtimol, insoniyatning eng buyuk intellektual yutuği», deb baholagan.
Savdolar oldidan kitob 1-1,5 million dollarga sotilişi kutilgandi. Biroq nomi oşkor etilmagan xaridor 3,719 million dollar mablağ taklif qilgan.
«Bu faqatgina tarix va ilm rivojining bir qismi emas. Bu qaçonlardir bosmadan çiqqan eng buyuk kitoblardan biri», - deb ma'lum qilgan Qirollik jamiyati kutubxonasi direktori Keyt Mur.













