Rossiyalik professional boksçi Aleksandr Povetkin Butunjahon boks kengaşining (WBC) "muvaqqat" çempionligi uçun ringga kötariladi. U öta oğir vazn toifasida kanadalik boksçi Bermeyn Stivernga qarşi jang ötkazadi. 12 raundli boks keçasi Yekaterinburg şahrida bölib ötadi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi.
Povetkin şu yilning 21 mayida WBC tasnifi böyiça jahon çempioni amerikalik Deontey Uaylderga qarşi Moskvada ringga çiqişi kerak edi, ammo rossiyalik sportçi qonida meldoniy izlari topilgani sabab, jang qoldirildi. Keyinçalik WBC tergov işlarini yakunlab, Povetkinga nisbatan sanksiya qöllamaslikka qaror qildi. Biroq Uaylder jarohat olgani sababli, unvonini himoya qila olmadi. Şu sababli, taşkilot rahbariyati böş qolgan unvon uçun kuraş ötkazişga qaror qildi.
Kanadalik boksçi ham noyabr oyida doping tahlilida ijobiy natija bergan edi, biroq WBC uni juda jiddiy holat sifatida baholamagan va jangni bekor qilmagan.
Ikkala boksçi ham bundan avval, jahon çempionligi naşidasini totgan. Povetkin 2011-13 yillarda WBA çempioni bölib, tört marta öz unvonini munosib himoya qila olgan. 2013 yil oktabrida ukrainalik Vladimir Kliçko oçkolar hisobida uni mağlub etgan edi. Şundan söng, murabbiylik ştabini özgartirdi va qatorasiga 4 marta yana ğalaba qozondi.
Stivern esa Vladimir Kliçkoning akasi Vitaliy faoliyatini yakunlagandan söng, 2014 yilda WBC çempionligini qölga kiritgandi. Ammo amerikalik Kris Arreoluni texnik nokaut bilan mağlub etgan Stivern keyingi safar unvonini himoya qila olmadi va oçkolar hisobi böyiça Uaylderga yengildi.
Bukmekerlik idoralarining ma'lum qilişilariça, uşbu jangda favorit boksçi aniq. Bu – Aleksandr Povetkindir. Biroq Stivern beqaror boksçi hisoblanadi va har safar har xil kayfiyatda ringga kötariladi.
Şunday qilib, 17 dekabr kuni 37 yoşli Povetkin 38 yoşli Stivern bilan kuç sinaşadi. Aytiş joizki, bu jang ikkala boksçi uçun ham çempionlik sari sönggi yuriş bölişi mumkin.
Boksçilarning ikkisiga 1,35 mln AQŞ dollaridan, ğolibga qöşimça ravişda 300 ming dollar beriladi.












