Rossiyalik boksçi Aleksandr Povetkindan kanadalik Bermeyn Stivernga qarşi jang oldidan olingan doping-tahlilida ijobiy natija çiqqan. Bu uçraşuv Butunjahon boks kengaşi (WBC) yönalişi böyiça jahon çempionlik kamari uçun ötkazilişi lozim edi. Bu haqda WBC prezidenti Maurisio Sulaymon özining Twitter’dagi sahifasida ma'lum qilgan.

«WBC Aleksandr Povetkinda doping uçun köngilli ravişda testdan ötkaziş Assotsiatsiyasi (VADA) tomonidan taqiqlangan ostarin moddasi topilgani haqida xabardor etildi», - deya aytib ötdi Sulaymon. Uning ta'kidlaşiça, taşkilot tez orada bu haqda öz qarorini çiqaradi.

Rossiyalik va kanadalik çarm qölqop ustalari örtasidagi bahs Yekaterinburgda bugun, 17 dekabr kuni ötkazilişi lozim edi. Biroq uşbu jang doping topilgani sababli bekor qilindi.