51 yoshli Hopkins o‘zining so‘nggi jangida nokautga uchradi

Foto: Reuters
Amerikalik taniqli bokschi, tarixdagi eng yoshi ulug‘ jahon chempioni, 51 yoshli Bernard Hopkins o‘zining so‘nggi jangida vatandoshi Jo Smitga qarshi ringga chiqdi va uni alamli mag‘lubiyat bilan yakunladi.
WBC (Jahon boks kengashi) versiyasining 79,38 kg'gacha bo‘lgan vazn toifasida Xalqaro chempion nomi uchun kechgan 12 raundli jang Kaliforniya shtatidagi Inglvud shahrida bo‘lib o‘tdi. Jang sakkizinchi raundda Smitning texnik nokaut natijasidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Hopkins raqibining davomli zarbalaridan keyin jangni davom ettira olmadi.
Hakamlarning jang yakunlangan vaqtga qadar qo‘ygan baholariga ko‘ra, ochkolar bo‘yicha Smit yetakchilik qilgan - uch hakamdan ikki nafari jangni uning foydasiga baholashgan: 67-66 va 69-64. Uchinchi arbitr esa jangni Hopkinsning foydasiga baholayotgan bo‘lgan: 67-66.
Shuni ta'kidlash joizki, Hopkins 2014 yilning noyabrida rossiyalik Sergey Kovalyovga mag‘lub bo‘lganidan buyon ringga chiqmagan va WBA (Jahon boks assotsiatsiyasi) hamda IBF (Xalqaro boks federatsiyasi) versiyalarining jahon chempioni unvonlarini qo‘ldan boy bergan.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tarixni qayta yozayotgan Tramp va Hindiston–Pokiston havo janglari - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 15:27
-
Rossiya va Germaniya siyosatchilari Bokuda maxfiy tarzda uchrashgan
Jahon | 15:17
-
Irkutskda o‘zbek ishlab chiqaruvchilari uchun savdo uylari tashkil etiladi
O‘zbekiston | 15:16
-
Germaniyaning yangi tashqi ishlar vaziri Boltiqbo‘yida xavfsizlikni mustahkamlash niyatida
Jahon | 14:43