FIFA axloq qömitasining tergov palatasi Rossiya futbol ittifoqi rahbari Vitaliy Mutkoga nisbatan suriştiruv işlarini boşladi.

Daily Mail xabariga köra, Rossiyadagi doping bilan boğliq mojarolar haqidagi Riçard Maklaren tomonidan tayyorlangan va yaqinda e'lon qilingan ma'ruzada Mutkoning nomi bir neça marotaba tilga olingan. Şu tufayli, FIFA davlat tomonidan doping iste'molini taşkil qiliş va uni yaşiriş böyiça yölga qöyilgan tizimda Mutko qanday vazifani bajarganini aniqlab olişga qaror qilgan.

Agar uning aybi isbotlansa, Mutko futboldagi har qanday faoliyatdan çetlatiladi. Natijada, JÇ-2018 musobaqasi Rossiyada ötişi huquqiy jihatdan qançalik töğri ekani haqidagi savol örtaga çiqadi.

Hozirça FIFA mulozimlari bu borada har qanday rasmiy bayonotdan tiyilişmoqda.

«FIFA axloq qömitasining tergov palatasi Maklaren ma'ruzasida aytilgan dalillarni inobatga oldi va uni yaxşilab örganib çiqadi. Agar ahloq kodeksi buzilgani aniqlansa, tergov palatasi barça zarur çoralarni köradi va bu haqda e'lon qiladi», degan vaziyat bilan taniş manba.

Taxmin qilinişiça, Maklaren jamoasida Mutkoning doping mojarosiga aloqadorligiga şohidlik beruvçilar bor.